Foto: AOKA
Jurnalist Mavjuda Mirzayeva ikki kundan buyon aloqaga chiqmayotgani aytilmoqda.
"Bu oldinroq boshqa bir jurnalist Xurshid Daliyev qo‘lga olingani bilan bog‘liq.", - deb yozmoqda kun.uz.
Mirzayeva DXX hibsxonasida qolayotgani haqidagi maʼlumotni uning qizi Zarina Mirzayeva ham tasdiqlagan. U ikki kundan buyon onasi bilan koʻrisha olmagan.
“Uyda yolgʻizman, ikki kishi turardik. Onamning hozirgi ahvolidan qattiq xavotirdaman. Nega bizga – yaqinlariga ish boʻyicha biror maʼlumot berishmayapti. Eshitishimcha, oʻn kun tergov boʻlar ekan”, – degan u.
Mavjuda Mirzayeva Sobiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati rahbari edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling