Foto: DXX
Joriy yilning 3 va 9-fevral kunlari DXX va IIV tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati Qora-Suu tumani hududidan Oʻzbekiston Davlat chegarasi orqali Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani hududiga olib kiruvchi, har birining eni 60 sm, balandligi 1,5 metr, uzunligi taxminan 150-200 metrli ikkita yer osti yoʻllari mavjudligi aniqlandi.

Foto: DXX
Hozirgi vaqtda, ushbu holatlar yuzasidan JKning 223-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.