Videodan kadr
4-fevral kuni «Ayol kishi IIO formali kiyim boshini kiyib videotasvirga tushgani, shuningdek bir qancha fuqarolar tomonidan ayol kishining axloqsiz harakatlar bilan raqsga tushganligi va svetjforning taqiqlovchi qizil chirogʻiga boysunmasdan harakatlanganligi holatini video tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatganligi holati yuzasiday Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi.
Surishtiruv natijasiga koʻra, ushbu holat fuqarolar 2003-yilda tugʻilgan Sh.T. 2002-yilda tugʻilgan X.I. 2000-yilda tugʻilgan Sh.J. 2004-yilda tugʻilgan A.X. hamda 2006-yilda tugʻilgan K.M.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.
2002-yilda tugʻilgan X.I. Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotib Yunusobod tumani Axmad Donish koʻchasi Shohsaroy toyxonasi qarshisidagi svetoforning taqiqlovchi qizil ishorasiga boysunmasdan harakatlanganligi yuzasidan MJTKning 128-modda 2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik sodir etganligi yuzasidan planshet qurilmasida elektron maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Holat boʻyicha fuqarolarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berib, qonuniy chora koʻrish uchun Mirobod tumani IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling