Foto: yep.uz
Oʻzbekistonda soʻnggi besh yil ichida 748 ta yangi maktab qurildi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2018/2019 oʻquv yilida ularning soni 9774 tani tashkil etgan boʻlsa, 2022/2023-yilda 10522 nafarni tashkil etgan.
Yillar kesimida umumtaʼlim muassasalari soni:
- 2018/2019 oʻquv yili boshiga – 9774 ta;
- 2019/2020 oʻquv yili boshiga – 10090 ta;
- 2020/2021 oʻquv yili boshiga – 10181 ta;
- 2021/2022 oʻquv yili boshiga – 10289 ta;
- 2022/2023 oʻquv yili boshiga – 10522 ta.
Umumtaʼlim muassasalari soni 1991/1992 oʻquv yili boshiga nisbatan 1965 taga oshgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling