O'zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorlar yana tarmoqdan uziladi

“Hududiy elektr tarmoqlari” aholini elektr energiyasi uchun pul toʻlanmagan taqdirda taʼminotda uzilishlar boʻlishidan ogohlantirdi

Foto: Telegram

Foto: Telegram

 27-yanvar kunidan boshlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) qayta ishga tushiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

“Mazkur tizimning qayta ishga tushirilishi natijasida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar boʻlishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatda mavjud toʻlov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib oʻtamiz”, - deyiladi xabarda.

Ogohlantirilishicha, qarzdorlarigi mavjud isteʼmolchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling