Oʻzbekistonda -17 daraja sovuq bo'lishi ma'lum qilindi

Sinoptiklar hafta davomida kuzatilishi mumkin boʻlgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Bugun Oʻzbekiston hududiga sovuq antitsiklon periferiyasi taʼsir etib turadi. Respublikaning barcha hududlari boʻyicha havo vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq atrofida, ayrim joylarda -2 daraja sovuq boʻladi.

Ish haftasining oxirigacha sovuq havo massasining taʼsiri saqlanib turadi. Respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 25-yanvarda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarining baʼzi joylarida biroz qor yogʻadi.

Kechalari havo harorati -8...-13 daraja sovuq, baʼzi joylarda -15...-17 daraja sovuq, kunduz kunlari -3 daraja sovuq +2 daraja iliq, baʼzi joylarda -5 daraja sovuq atrofida boʻladi.

Respublikaning baʼzi joylariga tuman tushishi kuzatiladi.

Respublika yoʻllarining ayrim joylarida yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling