Foto: Teznews
Navoiy shahrida 2022-yilning 20-avgust kuni qoidabuzarning tarafini olib, yo‘l-patrul xizmati inspektorini urgan ayol jazolandi, deb xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.
Qayd etilishicha, shu kuni tungi soat 3:30 lar atrofida xizmatga jalb etilgan YPX xodimlari Nexia avtomashinasini to‘xtatgan. Haydovchidan avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari so‘ralganda, fuqaro ularni taqdim etishdan bosh tortgan.
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasiga (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Javobgarlikdan bo‘yin tovlagan haydovchi voqea joyiga tanish ayolni chaqirgan. Ayol esa YPX xodimlarini haqorat qilib, tan jarohati yetkazishga uringan.
Da’vogarning da’vosi yo‘qligi, ayolning qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandi borligi, aybidan pushaymonligi inobatga olinib, unga nisbatan uzil-kesil 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling