Foto: Tez News
Vazirlar Mahkamasining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekistonda yashash guvohnomasini olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Hujjatda qayd etilishicha, yashash uchun ruxsatnoma olish uchun arizalarni onlayn tizim orqali koʻrib chiqish ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnomalarni koʻrib chiqish va berishning umumiy muddati quyidagicha belgilandi:
Qoraqalpogʻiston hududida va boshqa viloyatlarda 98 ish kunidan 68 ish kunigacha, koʻrib chiqish bosqichlari esa 10 ish kunidan 8 ish kunigacha qisqartiriladi;
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida 128 ish kunidan 68 ish kunigacha, koʻrib chiqish bosqichlari esa 11 ish kunidan 8 ish kunigacha qisqartirildi
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling