Buxoro shahriga navbatdagi 24 dona avtobus olib kelindi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Avtobuslar “Progress mega trans” MCHJ tomonidan olib kelingan.
Ushbu avtobuslar shahar jamoat transportining yangi yo‘nalishlar tarmog‘ida brutto-shartnoma asosida tasarruf etilishi rejalashtirilgan.
2026-yil yakuniga qadar yana 50 dan ortiq avtobuslar xarid qilinishi rejalashtirilgan.