Avvalroq 22-may kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopilishi haqida xabar berilgandi.
Shu bois mazkur ko‘chalar orqali o‘tuvchi avtobus yo‘nalishlarining harakati vaqtincha o‘zgartiriladi. Bu haqda Toshshahartransxizmat xabar berilgandi.
Ushbu yo‘nalishlar: 2, 18, 33, 75, 77, 80, 84, 94, 98, 103, 135 va 150-sonli avtobus yo‘nalishlari.
Yo‘llarda harakat cheklanishi sababli tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin. Vaziyatga qarab yo‘nalishlar sxemasiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi ehtimoli bor.
Shuningdek, avtobuslarning qatnov va oraliq (interval) vaqtlari rejadagidan uzayishi mumkin.