O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish tadbiri munosabati bilan ayrim ko‘chalarda vaqti-vaqti bilan harakat cheklanadi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Tadbirni xavfsiz tashkil etish maqsadida 22-may soat 16:00 dan 21:00 gacha Toshkentning qator ko‘chalarida vaqti-vaqti bilan transport vositalari harakati vaqtincha cheklanishi maʼlum qilinadi.
Tadbir davomida quyidagi yo‘nalishlarda harakat vaqti-vaqti bilan cheklanishi mumkin:
– Chilonzor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab Qatortol–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
– KXAY–Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab Chilonzor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
– KXAY–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ikkinchi darajali yo‘li bo‘ylab Bunyodkor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
– Nurafshon–Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasigacha;
– Islom Karimov–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor–Ikkinchi Qatortol ko‘chalari chorrahasigacha.
Haydovchilardan oldindan muqobil yo‘nalishlarni rejalashtirish so‘raldi.