Foto: inbusiness.kz
Qozogʻistonda ikkita avtobusdagi 70 dan ortiq yoʻlovchisi noqulay ob-havo tufayli qoplagan yoʻllardan evakuatsiya qilindi. Bu haqda Inbusiness.kz xabar bermoqda.
Qaayd etilishicha, 11-yanvar kuni Irgiz tumanidan 20 km uzoqlikda, Samara-Chimkent avtomobil yoʻlining 1153-kilometrida yoʻlovchi avtobusi ketayotgani haqida maʼlumot kelib tushgan.
“Avtobusda 3 nafar Qozogʻiston va 38 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan. Noqulay ob-havo tufayli yoʻl toʻsib qoʻyilgani munosabati bilan barcha yoʻlovchilar Irgʻiz qishlogʻidagi umumtaʼlim maktabiga joylashtirildi”, — deyiladi xabarda.
Xabarga koʻra, keyinroq Aytekebiy tumanida, Samara-Chimkent avtomobil yoʻlining 968-kilometrida, Qorabutoq qishlogʻidan 2 km uzoqlikda yoʻlovchi avtobusi ham yordamga muhtojligi haqida maʼlumot olingan.
Maʼlum qilinishicha, avtobus salonida 31 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlib, ular masjidga joylashtirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling