Foto: Teznews
Qashqadaryoda er xotinini rashk sabab oʻldirdi. Bu haqda “Markaziy studiya” iformatsion dasturida xabar berildi.
Maʼlum boʻlishicha, hodisa Qarshi tumani “Taraqqiyot” MFYda 2023-yilning 25-yanvar kuni tushdan soʻng roʻy bergan.
Qotillik sodir etilgan mahalla masʼullarining maʼlumot berishicha, 1982 va 1986-yillarda tugʻilgan er-xotin oʻrtasida avvaldan kelishmovchilik boʻlgan. Faollar 3 nafar farzandi boʻlgan bu oilani yarashtirishga uringan. Ammo ayoli haqida turli gumonda boʻlgan er xotini bilan yarashishni xohlamagan. Ayol 5 oydan beri oʻzining uyida yashab kelayotgan boʻlgan.
"Xotinining telefoni eriga ulangan ekan. Eri xotinini har xil yigitlar bilan gaplashadi deb gumon qilgan. Xullas, janjalga shu rashk sabab boʻlgan. Marhuma ayolning qaynotasi bizga telefon qildi va bizni chaqirdi. Men va profilaktika inspektori tezda yetib bordik. Borsak, xotinini oʻldirgan er voqeadan soʻng ota-onasiga telefon qilib, qilgan ishini aytibdi va IIBga ketibdi. Ayol uyda yerda yotgan ekan, er xotinini benzopila bilan yelkasidan kesgan ekan-da, - deydi MFY raisi Ergash Xudoyqulov.
Maʼlum qilinishicha, marhuma mahalladagi 34-maktabda xorijiy tildan dars bergan. U 2011-yildan beri shu maktabda ishlab kelayotgan boʻlgan. Maktab masʼullarining aytishicha, ayol qotillik sodir boʻlgan kuni maktabda boʻlgan. Taxmiman 12:00 larda eri telefon qilganidan keyin maktabdan chiqib ketgan.
Hozirda er gumonlanuvchi sifatida qamoqqa olingan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling