Bloger Farxod Mannopov vafoti yuzasidan prokuratura tekshiruv boshladi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan marhumni operatsiya qilgan shifokorlar hibsga olingani haqidagi xabar rad etildi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Farxod Mannopov (Mittivine) oʻtkazilgan jarroxlik amaliyotidan keyin vafot etganligi holati yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Tekshiruv doirasida shifokorlarning xatti-harakatlari boʻyicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Shuningdek, qoʻshimcha qilinishicha, F.Mannopovning vafot etganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi, ish doirasida shifokorlar ushlangani yoki qamoqqa olinganligi haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling