Jizzaxda ikki yigit haydovchini o'ldirdi

Sudlanuvchilardan biri qasddan jinoyat sodir etishda voyaga yetmagan shaxsni oʻz jinoyatiga sherik qilgan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Jizzax viloyati Forish tumanida ikki fuqaro oʻzaro til biritktirib boshqa bir fuqaroni oʻldirdi. Bu haqda Sevimli telekanalining “Zamon” informatsion dasturi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, ikki fuqaro Spark mashinasining haydovchisidan manzillariga yetkazib qoʻyishni soʻragan. Shundan soʻng, ular xilvat joyga yetganda haydovchiga nisbatan kuch ishlatib, joniga qasd qilishgan.

Aniqlanishicha, sudlanuvchilardan biri qasddan jinoyat sodir etishda voyaga yetmagan shaxsni oʻz jinoyatiga sherik qilgan.

Xabarga koʻra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “i, p” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Sud jarayonida jinoyatchilar oʻz aybiga iqrorligini va pushaymonligini bildirgan. Sud ularning biriga 20 yil, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan esa 14 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling