Videodan kadr
Joriy yilning 27-mart kuni soat 11:30 da Toshkent shahar Olmazor tumanida YTH sodir boʻlgan. Bu haqda IIV Axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, er-xotin piyodalar yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtmoqchi boʻlgan. Ularga birinchi Damas yoʻl bergan, ammo orqada Sparkʻni boshqarib kelayotgan 1997-yilda tugʻilgan ayol tormoz berishga ulgurmay, ikki piyodani urib ketgan.
Voqea yuz bergandan soʻng ayol qorin boʻshligʻi, koʻkrak qafasi jarohati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasiga yotqizilgan. Ammo koʻrsatilgan yordamga qaramay, u shu kuni soat 15:10 da jonlantirish boʻlimida vafot etgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling