Foto: Repost.uz
Toshkent shahrining Bobur koʻchasida Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi koʻprik yoʻlining qismida qurilish-montaj va yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilayotgani sababi avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik qisman cheklangani haqida xabar berilgan edi.
Shu munosabat bilan 20-yanvar kunidan eʼtiboran taʼmirlash ishlari yakunlanguniga qadar, mazkur koʻchalardan harakatlanuvchi 40-sonli Sergeli mavzesi 12-daha—Toshkent vokzali, 61-sonli Yangiobod mavzesi—Xalqaro aeroport-2, 106-sonli “Uchxoʻz” mahallasi—Saodat savdo markazi avtobus yoʻnalishlarining harakati vaqtinchalik quyidagicha oʻzgardi:
- 40, 61, 106-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati Bobur koʻchasi tomon harakatlanishida Qumariq koʻchasidan aeroport aylanma yoʻllari, Bobur koʻchalari orqali va keyingi harakatlarini oʻz yoʻnalishlarini davom ettirgan holda (qaytishda oʻz yoʻnalishlarini oʻzgartirmagan holda) bir taraflama;
Foto: Toshshahartransxizmat AJ
- 11, 45, 47, 67, 77, 94-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati Xalqaro aeroport-2 soʻnggi bekatidan aeroport aylanma yoʻllari, Bobur koʻchalari orqali va keyingi harakatlarini oʻz yoʻnalishlarini davom ettirgan holda (qaytishda oʻz yoʻnalishlarini oʻzgartirmagan holda) bir taraflama;
- Bobur koʻchasining “Xalqaro aeroport-2 tomon harakatlanishidagi yoʻl qatnov qismi avtotransport vositalarining harakati uchun vaqtinchalik ikki taraflama tashkil etilgan.
"Mazkur oʻzgarishlar natijasida tirbandliklar vujudga kelgani, yoʻnalishlardagi haydovchilar tomonidan qatnovga 10-15 daqiqagacha ortiqcha vaqt sarflanishi mumkinligini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling