Qidiruvda bo‘lgan uch nafar shaxs O‘zbekistonga olib kelindi

Jinoyat sodir etgandan so‘ng ular BAAga qochib ketgan.

Qidiruvda bo‘lgan uch nafar shaxs chet elda qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, fuqarolardan ikki nafari firibgarlikda, yana biri odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Jinoyat sodir etgandan so‘ng ular BAAga qochib ketgan.

Interpolning Abu-Dabidagi Milliy markaziy byurosi ko‘magida uchalasi ham qo‘lga olindi.

Qidiruvdagilarni topshirish Interpolning Toshkent va Abu-Dabi Milliy markaziy byurolari o‘rtasida erishilgan maxsus kelishuvlar doirasida amalga oshirildi.

Mazkur shaxslar javobgarlikka tortish uchun Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling