O'zbekiston aeroportlarida kutib oluvchilarning ichkariga kirishlariga ruxsat berildi

Bunday qarorga kelishga anomal sovuq sabab bo'lgan

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Anomal sovuqlar munosabati bilan respublika aeroportlari binosiga kutib oluvchilarning kiritilishiga ruxsat berildi. Bu haqda UzbekistanAirports matbuot xizmati xabar qildi.

14-yanvardan barcha kutib oluvchilar uchib kelish zallariga kirib, terminal ichida bojxona hududigacha boʻlgan joyda uchib kelayotgan yoʻlovchilarni kutishlari mumkin boʻladi.

Taʼkidlanishicha, anomal sovuqlar sharoitida aeroport xizmatlari parvozlar xavfsizligiga eʼtiborni kuchaytirmoqda. Noqulay ob-havo sharoitlari — sovuq havo harorati, qor yogʻishi — parvozlar xavfsizligini taʼminlash uchun samolyotlarni muzga qarshi suyuqlik bilan ishlov berish jarayonini nazarda tutadi. Bu jarayon odatda har bir samolyot uchun taxminan 30 daqiqa davom etsa-da, hozirgi paytda har bir samolyotga ishlov berish 1 soatdan 1,5 soatgacha vaqt olmoqda. Albatta, bu reyslarning kechikishiga olib keldi. Dunyoning qator mamlakatlarida bunday ob-havo sharoitlari tufayli aeroportlarni yopish amaliyoti mavjud. Ammo Oʻzbekiston aeroportlari yoʻlovchilarni jadvaldagi oʻzgarishlar haqida xabardor qilgan holda, ishlashga qaror qildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling