Foto: Yandex
Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim “gaz-zapravka”larda tanish-bilishchilik qilinayotgani hamda ayrim avtotransportlarga metan gaz toʻldirilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
“Oʻztransgaz” maʼlum qiligicha, keyingi kunlarda Oʻzbekiston hududida ob-havo haroratining keskin pasayishi natijasida tabiiy gazning isteʼmol hajmi keskin oshib borishi kuzatilgan.
“Bunday holatda aholi, ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlar va qozonxonalarni tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida respublikadagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar har qanday ulgurji isteʼmolchilar, xususan, AGTKSHlarga tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.
Ammo, har bir viloyat hokimliklari bilan kelishilgan holda, ayrim AGTKSHlar kunning maʼlum vaqtida 1 soatdan 3 soatgacha oraliqda uy-joy mulkdorlari shirkatlari, elektr taʼminoti korxonalari, obodonlashtirish boshqarmalari, aholiga propan toʻldirilgan gaz balonlar yetkazib beruvchi tashkilotlarning avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatmoqda.
Ob-havo harorati koʻtarilib, qulay sharoit paydo boʻlgach, respublikadagi barcha AGTKSHlar odatdagi ish tartibida ishlay boshlashini maʼlum qilamiz”, deyiladi rasmiy xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling