Toshkent viloyatida yashash xonadonida itlarni so'ygan fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudlanuvchi itlar faqat oʻzining isteʼmoli uchun soʻyilganligini maʼlum qilgan.

Videodan kadr

Videodan kadr

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi Ahmad Yassaviy kolxozida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlib, oʻnlab itlar soʻyilganligiga oid xabar bergan edik.

Mazkur holat Yuqori Chirchiq tumani IIB tomonidan aniqlanib, voqea yuzasidan qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilgan.

Maʼlum boʻlishicha, tumanning A.Yassaviy mahallasida yashovchi 1986-yilda tugʻilgan fuqaro, V.X. oʻzining yashash xonadonida 25 dona, itlarni sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlaganligi va ularni soʻyib kelayotganligi aniqlangan.

Bugun, 11-mart kuni ushbu holat yuzasidan sud majlisi oʻtkazildi. Unga koʻra, fuqaro B.X.ga 10 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling