Endi keshbek olish uchun Face ID tizimidan oʻtish kerak boʻladi

Davlat soliq qoʻmitasi yangi tizim tartibini maʼlum qildi.

Foto: Yandex

Foto: Yandex

Soliq qoʻmitasi Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, “Soliq” mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilgan cheklardan hisoblangan keshbekni olish uchun Face ID boʻyicha identifikatsiya qilish talab qilinadi.

Buning uchun quyidagilar kerak boʻladi:

  1. Face ID boʻlimiga kirish;
  2.  jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini ((JSHSHIR) koʻrsatish;
  3. yuzni toʻliq suratga olib, tasdiqlashga yuborish.

Maʼlumot oʻrnida, yanvar oyida qariyb 2 mln nafar isteʼmolchiga 97 mlrd soʻm keshbek hisoblangan boʻlib, 1,7 mln nafarga yaqin isteʼmolchiga 65,1 mlrd soʻm toʻlab berilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslar bank kartalariga xarid summasidan 1 foiz keshbek qaytarilmoqda. Ilgari faqat 500 000 soʻmdan ortiq mablagʻni olish uchun fotosurat yordamida shaxsni tasdiqlash talab qilinardi. Endilikda bu shart har qanday bonus miqdori uchun amal qiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling