Uzum Bank O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari tasvirlangan kolleksion bankslarni taqdim etadi

Aksiya 4-maydan 31-iyulgacha Uzum Market bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Bankslar — bu milliy terma jamoa futbolchilari tushirilgan 24 ta fishkadan iborat kolleksiya. Jami 7 ta to‘plam mavjud bo‘lib, har birida 4 tadan fishka bor: 5 tasi standart, 2 tasi esa noyob to‘plamdir. Standart bankslarni Uzum Market'da 150 000 so‘mdan yuqori buyurtma uchun Uzum kartasi orqali to‘laganingizda olishingiz mumkin — ularni topshirish punkti xodimlari buyurtma bilan birga taqdim etadilar, noyob bankslar sohibiga esa Uzum plastik kartasini olish orqali aylanishingiz mumkin. Bu ota-onalar uchun nafaqat o‘z bolaliklari haqida so‘zlab berish, balki bolalar bilan birgalikda sevimli o‘yinni yana bir bor o‘ynash va bankslar kolleksiyasini to‘plash imkoniyatidir.

Bu yoz tarixiy voqea bilan yodda qoladi: O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi va biz nihoyat o‘z jamoamiz uchun muxlislik qilamiz. Biz uchun bu xotiralar faqat ijtimoiy tarmoqlardagi “highlights”da emas, balki odamlarni birlashtiradigan jonli hissiyotlarda ham saqlanib qolishi muhim. Bankslar — bu kolleksiya madaniyatining zamonaviy talqini bo‘lib, unda o‘yin, almashuv va muloqot elementlari mujassam. Uzum Market bilan birgalikda biz bankslarni butun O‘zbekiston bo‘ylab — yirik shaharlardan tortib eng chekka hududlargacha yetkazib beramiz. Shunday ekan, barchamiz birgalikda muxlislik qilamiz va kolleksiya yig‘amiz, — deydi Uzum Fintech brend-direktori Anastasiya Kudryashova.

Uzum Bank — O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasining rasmiy bank hamkori bo‘lib, jamoaning chempionatga tayyorgarligini qo‘llab-quvvatlaydi va mamlakat bo‘ylab muxlislarni birlashtiradi. Iyul oyining oxirigacha foydalanuvchilar Uzum Market'da xarid qilish yoki Uzum Bank kartasini rasmiylashtirish orqali to‘liq kolleksiyani yig‘ishlari mumkin.

Aksiya tafsilotlari Uzum Bank ilovasida yoki +998 (78) 777-07-99 telefon raqami orqali mavjud.

Reklama huquqlari asosida