Foto: Open source
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 26,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 786 dona elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562 taga oshgan.
Oʻzbekiston 2 oyda eng koʻp elektromobil import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 705 ta
— Gonkong – 56 ta
— Germaniya – 15 ta
— BAA – 5 ta
— Koreya – 2 ta
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling