Mudofaa vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Baxrom Urmanov raqamlashtirish, sun‘iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosar bo‘ldi.

Baxrom Urmanov mudofaa vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

U raqamlashtirish, sun‘iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosar bo‘ldi. 

Urmanov mazkur tayinlovga qadar Qurolli kuchlar bosh shtabi Aloqa, axborot texnologiyalari va axborotlarni himoyalash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling