Putin Ukrainaga vaqtinchalik o't ochishni to'xtatishni buyurdi

Oʻt ochishni toʻxtatish 6-yanvar soat 12:00dan 7-yanvar soat 24:00gacha amal qiladi

Foto: RIA Novosti<br>

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada oʻt ochishni toʻxtatish rejimini joriy etish boʻyicha koʻrsatma berdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, oʻt ochishni toʻxtatish 6-yanvar soat 12:00dan 7-yanvar soat 24:00gacha amal qiladi. Putin tegishli topshiriq bilan mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoyguga murojaat qildi. Moskva Kiyevni ham oʻt ochishni toʻxtatishni eʼlon qilishga va fuqarolarning Rojdestvo marosimlarida qatnashishiga ruxsat berishga chaqirmoqda.

“Pravoslavlikni tan olgan koʻp sonli fuqarolar urush hududlarida istiqomat qilayotganidan kelib chiqib, Ukraina tomonini oʻt ochishni toʻxtatish rejimini joriy qilishga chaqiraman”, — deyiladi bayonotda.

Maʻlum qilinishicha, harbiy harakatlar sodir bo'lgan hududlarda pravoslavlikni tan olgan ko'plab fuqarolar istiqomat qilmoqda.

"Biz Ukraina tomonini o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilishga va ularga Rojdestvo arafasida, shuningdek, Masihning tug‘ilgan kunidagi marosimlarda qatnashish imkoniyatini berishga chaqiramiz", -- deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling