Foto: Repost.uz
Oʻzgidromet xizmati agentligi 17−21-mart kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Shanba kuni respublikaning janubi-gʻarbiy hududlariga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizidan kelayotgan siklon bilan bogʻliq bulutli massivlar kirib kela boshlaydi. Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻladi.
Faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarining baʼzi joylarida biroz yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq ham boʻlishi mumkin.
Yakshanba va dushanba kunlari respublika hududi boʻyicha nam siklon oʻtishida beqaror ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Aksariyat viloyatlarning baʼzi joylarida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Fargʻona vodiysi viloyatlarida 20-mart kuni yomgʻir yogʻadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Mamlakatning togʻoldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir kuchli boʻladi. Ushbu kunlarda havo harorati nisbatan pasayadi va +17…+20 darajani tashkil etadi. 17−19-martda respublikaning ayrim hududlarida shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
21-mart — Navroʻz bayrami kuni kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi. Harorat yana +22…+25 darajaga koʻtariladi.
17−21-mart kunlari Toshkent, Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor koʻchishi xavfi bor.
Toshkent shahrida yakshanba kuni kechga tomon yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy yoʻnalishdagi shamol 5−10 m/s tezlikda esishi saqlanib turadi, 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi +8…+10 daraja, kunduzi +20…+22 daraja boʻladi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun kanalimizga aʼzo boʻling.
Dushanba kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat kechasi +8…+10 daraja, kunduzi +17…+19 daraja boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling