Foto: Repost.uz
Oʻzbekistonda 10—15-yanvar kunlari anomal sovuqlar kuzatiladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida: havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -17...-22 darajasovuq, Ustyurtda -25...-27 darajagacha, kunduzi -5...-10 daraja sovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida: havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -13...-18 daraja sovuq, kunduzi -4...-9 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda. Navoiy viloyatining shimolida kechasi -17...-22 darajagacha sovuq, choʻl hududlarda -25...-27 darajagacha, kunduzi -5...-10 daraja sovuq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida: havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-yanvarda kechasi -10...-15 daraja sovuq, baʼzi joylarda -17 darajagacha, kunduzi -3...-8 daraja sovuq, 12-15-yanvarda kechasi -12...-17 daraja sovuq, kunduzi -3...-8 daraja sovuq boʻladi.
Qashqadaryo viloyatida: havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10 daraja sovuq, kunduzi -1...-6 daraja sovuq boʻladi.
Surxondaryo viloyatida: havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -8...-13 daraja sovuq, kunduzi -3...-8 daraja sovuq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida: havo oʻzgarib turadi, 11-yanvarda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 12-15-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10 daraja sovuq, kunduzi -1...-6 daraja sovuq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida: havo oʻzgarib turadi, 11-yanvarda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, kuchli boʻlishi mumkin. 12-15-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -15...-20 daraja sovuq, kunduzi -7...-12 daraja sovuq boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling