3-yanvar kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda

Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Respublikaning ayrim hududlarida 3-yanvar kuni yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 0...+2 daraja iliq, kunduzi +2...+4 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -2 daraja sovuq - 3 daraja sovuq, kunduzi +2...+7 daraja iliq boʻladi.

Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Navoiy viloyatining ayrim joylarida 25-30 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi -2 daraja sovuq -3 daraja sovuq, kunduzi +3...+8 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, Jizzax viloyatining ayrim joylarida 25-30 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi -2 daraja sovuq -3 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -2...-3 daraja sovuq, kunduzi +2...+7 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -3...-8 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja sovuq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling