Toshkent viloyatidagi uylardan birida o'nlab itlar so'yildi — video

Mehr va Oqibat koʻngillilari uyda boʻlgan tirik itlarni qutqarishgan. Hozirda hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikning barcha holatlari tekshirilmoqda.

Videodan kadr

Videodan kadr

Maʼlum qilinishicha, 4-mart kuni Mehr va oqibat jonivorlarni himoya qilish tashkilotiga Toshkent viloyatidagi Ahmad Yassaviy kolxozida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlinganligi haqida ariza kelib tushgan. Arizada u yerdagi uylardan birida itlarning oʻta shafqatsizlarcha oʻldirilayotgani maʼlum qilingan.

“Mehr va Oqibat” koʻngillilari huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda belgilangan manzilga borishgan.

Maʼlum boʻlishicha, uy hovlisida yerda qon va oʻnlab it terilari boʻlgan. Bu ishni qilganlar qon va terilarning ustiga tuproq tashlab, yashirmoqchi boʻlishgan. Shu bilan birga, uy egasi bu yerda itlar soʻyilmasligini maʼlum qilgan.

Taxminlarga koʻra, hayvonlar keyinchalik sotish maqsadida goʻshti uchun soʻyilgan. Koʻngillilar 35 ta it va 9 ta kuchukni saqlab qolishga muvaffaq boʻlishgan. 10 ta it Gavcheg boshpanasiga, qolganlari esa “Mehr” markaziga oʻtkazilgan.

Hozirda hodisaning barcha holatlari, jumladan, itlar qanday va qayerga yetkazilgani oʻrganilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling