Foto: Ijtimoiy tarmoq
Turkiyada roʻy bergan zilzilalar oqibatida Malatya provinsiyasida bir nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborotida maʼlum qilindi.
2023-yil 7-fevral (Toshkent vaqti bilan) soat 10.00 holatiga koʻra, zilzila oqibatida Malatya provinsiyasida bir nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlganini afsus va chuqur qaygʻu bilan qayd etamiz. Tashqi ishlar vazirligi marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga oʻz hamdardligini bildiradi, — deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, toʻrt nafar oʻzbekistonlik bedarak yoʻqolgan. Ularni topish boʻyicha tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Hozirda zilzila oqibatida zarar koʻrgan fuqarolarga tegishli yordam koʻrsatish va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida Oʻzbekistonning Anqara shahridagi elchixonasi qoshida 24 soat faoliyat yuritadigan shtab tashkil etilgan boʻlib, unga quyidagi raqam orqali murojaat qilish mumkin.
Prezident topshirigʻiga muvofiq Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlogʻida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan. Bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik oʻzbeklar istiqomat qiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling