Farg'onada voyaga yetmagan qiz istirohat bog'idagi attraksiondan tushib ketdi

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Illyustratsiya

Foto: Illyustratsiya

Joriy yilning 23-mart kuni 2005-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan N.O. tuman markaziy istirohat bogʻidagi “Piratskiy korabl” nomli attraksionda uchayotib, ehtiyotsizlik oqibatida attraksiondan tushib ketishi natijasida tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasining qabul boʻlimiga olib kelingan, deya xabar bermoqda Fargʻona viloyati IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan shu kunning oʻzida Rishton tumani IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan va N.O.ning olgan tan jarohati boʻyicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Hodisa sabablarini aniqlash, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan yoki qilinmaganligini aniqlash yuzasidan Bandlik boshqarmasiga tegishli hujjatlar taqdim etilgan.

Hozirgi kunda voyaga yetmagan N.O. Bagʻdod tuman tibbiyot birlashmasida shifokorlarning nazoratida davolanmoqda va ahvoli yaxshilanyapti.

Holat yuzasidan Rishton tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling