Shahrisabzda gaplashib yurgan qizining suratlarini tarqatmaslik uchun 5 ming dollar talab qilgan yigit ushlandi

Yigit qizning shaxsiy suratlarini olib, uni internetda tarqatmoqchi boʻlgan. Uni tarqatmaslik evaziga qizdan 5 ming dollar talab qilgan.

Foto: Bosh prokuratura Departamenti

Foto: Bosh prokuratura Departamenti

Shaxsiy foto suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qoʻrqitgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shahrisabz shahrida fuqaro O.I. “A.” ismli qiz bilan gaplashib yurib, uning shaxsiy foto suratlarini qoʻlga kiritib, ushbu suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qoʻrqitadi.

Fotosuratlarni oʻchirish evaziga qizdan 5 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling