Foto: Zarnews
Fargʻona viloyatida yuz bergan ikki yoʻl-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Sevimli telekanalining “Zamon” informatsion dasturi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 7-yanvar soat 14:00 larda Beshariq tumanidan oʻtgan 4K-896 avtomobil yoʻlining 6-kilometrida Nexia qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan. Shu sabab u oʻz yoʻnalishida kelayotgan Lacetti bilan toʻqnashgan.
Oqibatda Nexia yoʻlovchisi jarohat olib shifoxonada vafot etgan.
Shuningdek, 8-yanvar kuni Fargʻona shahar Yangi asr koʻchasida yoʻl chetida harakatlanib kelayotgan ikki piyodani 28 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt urib ketgan.
Oqibatda piyodalarning biri voqea joyida vafot etgan, ikkinchisi shifoxonaga yotqizilgan.