Foto: Teznews
18-mart kuni Supa-Zomin yoʻlida prokuratura xodimlari ketayotgan avtomobil yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.
Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, hodisa soat taxminan 23.00larda sodir boʻlgan.
Zomin tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish oʻrganuvchi E. K. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinada harakatlanib kelib, yoʻlning oʻng chetidagi daraxtga urilishi oqibatida YTH sodir etilgan.
Oqibatda, E. K. va avtomashina salonida boʻlgan Zomin tumani prokuraturasi ish yurituvchisi A. Q. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan, tuman prokuraturasi tergovchisi D. Z. tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan 19-mart kuni viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling