2022-yil davomida Oʻzbekistonda qariyb bir mln chaqaloq dunyoga keldi

Eng koʻp tugʻilishlar soni avgust oyiga toʻgʻri keladi

2022-yilda respublika boʻyicha 932 192 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, eng koʻp tugʻilishlar soni avgust oyiga toʻgʻri keladi.

Oylar kesimida tugʻilishlar soni:

  • yanvarda – 71 957 nafar;
  • fevralda – 64 419 nafar;
  • martda – 67 222 nafar;
  • aprelda – 64 535 nafar;
  • mayda – 70 452 nafar;
  • iyunda – 74 975 nafar;
  •  iyulda – 79 758 nafar;
  • avgustda – 96 182 nafar;
  • sentyabrda – 92 273 nafar;
  • oktyabrda – 85 312 nafar;
  • noyabrda – 83 196 nafar;
  • dekabrda – 81 911 nafar.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling