Foto: Teznews
Oʻzbekistonning 3 ta viloyatida elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik cheklov kiritilishi maʼlum qilindi.
Xususan, Surxondaryo viloyati hokimligi maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston yagona elektr energetika tizimi favqulodda oʻchishlar va oʻta-havfli rejim holatlarda quvvat hamda yoqilgʻi tinqisligi boʻlgan vaqtlarda Surxondaryo energetika tizimi boʻyicha 2023-yil 4-yanvardan 31-yanvarga qadar Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari filiali hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo filiali tasarrufida boʻlgan podstansiyalardan chiquvchi 35−110 kVli tarmoqlarini cheklash boʻyicha maxsus jadval tasdiqlandi.
Buxoro hokimligi ham cheklovlar haqida xabar qilgan. Unda aytilishicha, tizimda quvvat tanqisligi kuzatilgan vaqtlarda hududlarga 3−10-yanvar kunlari keltirilgan jadval asosida cheklovlar kiritilishi mumkin.
“Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” esa 3-yanvardan cheklovlar qayta joriy etilganini maʼlum qilgan. Elektr cheklovlari avvaldan ishlab chiqilgan grafik asosida hududlar kesimida teng taqsimot asosida olib borilishi qayd etilgan. Cheklovlar qachongacha davom etishi haqida maʼlumot berilmagan.