Foto: Repost.uz
Oʻzbekistonda 2022-yilda ishlab chiqarish sohasida 72 348 ta kompaniya tomonidan davlatga 39 trln soʻm soliq toʻlangan hamda 14,3 trln soʻmlik soliq imtiyozlaridan foydalanilgan.
Toʻlangan soliqlardan 17,5 trln soʻmi — 44,8 foizi 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi (NKMK va OKMK kompaniyalari hisobga olinmagan).
Qayd etilishicha, oʻtgan yili eng koʻp soliq imtiyozlaridan foydalangan korxona “Uz Korgaz chemical” MCHJ boʻlgan. Korxona 989,9 mlrd soʻm soliq toʻlagan boʻlsa, 1,1 trln soʻmlik soliq imtiyozlaridan foydalangan.
Olingan imtiyozlar boʻyicha ikkinchi oʻrinda Uzavto motors — 702,9 mlrd soʻm. Oʻtgan yili avtomobil zavodi Oʻzbekiston byudjetga 2 trln soʻmdan sal koʻproq soliq toʻlagan.
“Navoiyazot” AJ esa 942,8 mlrd soʻm soliq toʻlab, 244,5 mlrd soʻmlik soliq imtiyozlari olgan.
Shuningdek, mazkur davrda eng koʻp soliq toʻlagan “Oʻzbekneftgaz” ( 4 trln 321 soʻsh soliq toʻlagan) esa 69 mlrd soʻm soliq imtiyozlariga ega boʻlgan.
Ushbu soliq toʻlovchilar tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS — 5,3 trln soʻm;
- Foyda soligʻi — 5,3 trln soʻm;
- Aksiz soligʻi — 3,4 trln soʻm;
- Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq — 1,9 trln soʻm;
- JSHODS — 834,9 mlrd soʻm;
- Mol-mulk soligʻi — 451,4 mlrd soʻm;
- Yer soligʻi — 315,5 mlrd soʻm;
- Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — 106,1 mlrd soʻm.