O'zbekistonda “Ikkinchi xotin” haqidagi reklamalar olib tashlandi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bu kabi noqonuniy reklamalarga qatʼiy ravishda qarshiligini yana bir bor taʼkidladi.

Foto: Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi

Foto: Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi

Respublikamiz hududlaridagi tashqi reklama va axborot vositalari orqali Elmakon savdo belgisining “Ikkinchi xotin”ga gʻamxoʻrlik qiling” mazmunidagi reklamalari joylashtirilgani maʼlum boʻldi.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bu kabi noqonuniy reklamalarga qatʼiy ravishda qarshiligini yana bir bor taʼkidladi.

“Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasiga asosan, reklama va axborot vositalaridan foydalangan holda milliy va oilaviy anʼanalarga, shuningdek axloq va maʼnaviyatning umum qabul qilingan normalariga zid boʻlgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

“Oila bu muqaddas dargoh. Oila jamiyatning asosiy negizidir. Oʻz navbatida, yuqoridagi holat qoʻmita tomonidan nazoratga olingan va ularni bartaraf qilinishi taʼminlandi”, — deyiladi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabarida.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling