Oʻzbekistonda ushbu hafta havo harorati +10 daraja iliq boʻladi

Sinoptiklar 30-yanvar - 3-fevral kunlari kuzatilishi mumkin boʻlgan ob havo haqida maʼlumot berdi

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Bugun respublika hududi boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunning oʻrtasiga kelib, +7...+10 daraja iliq boʻladi.

Ertaga Oʻzbekiston hududiga oʻrta yer dengizi hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida respublika boʻyicha hafta davomida beqaror ob-havo boʻladi.

Joriy yil 1-fevraldan 3-fevralgacha Oʻzbekiston boʻyicha vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik, asosan yomgʻir koʻrinishida boʻladi, 1-2-fevral kuni Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarining baʼzi joylarida kuchli boʻladi. 1-2-fevralda Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuchli boʻladi.

31-yanvar va 1-2-fevral kunlari respublikaning baʼzi joylarida shamol tezligi soatiga 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 1-2-fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi soatiga 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati hafta davomida meʼyor atrofida boʻladi va kechalari -1 daraja sovuq +4 daraja iliqni, kunduz kunlari +5...+10 daraja iliqni tashkil etadi.

Toshkentda bugun yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat +7...+9 daraja iliq boʻladi.

Ertaga 31-yanvar kuni biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Shamol tezligi soatiga 7-12 m/s esadi. Harorat kechasi 0...+2 daraja iliq, kunduzi +7...+9 daraja iliq boʻladi.

1-2-fevralda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol tezligi soatiga 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechalari +2...+5 daraja iliq, kunduz kunlari +5...+10 daraja iliq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling