Foto: Toshken shahar IIB
Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining xabariga koʻra, 2023-yilning 14-fevral kuni taxminan soat 16:00 larda “Beltepa” mahallasidagi yoʻlda haydovchi 1968-yilda tugʻilgan U.S. Captiva avtomashinasida orqaga harakatlanayotib, voyaga yetmagan 2021-yilda tugʻilgan M.U.ni urib yuborgan.
Yoʻl-transport hodisasi natijasida M.U. olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling