Foto: Samarqand viloyat IIB
Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2023-yil 25-yanvar kuni E.T. IIBga Kattaqoʻrgʻon tumani “A.Navoiy” MFY “A.Navoiy” koʻchasida oʻrnatilgan bankomat shoxobchasidan nomaʼlum shaxslar tomonidan bir dona bankomat qurilmasi ichida boʻlgan 720 mln soʻm pullari bilan oʻgʻirlab ketilganligi haqida xabar kelib tushgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida Kattaqoʻrgʻon tuman “Tavaron” mahallasi hududidagi tashlandiq joydan oʻgʻirlangan bankomat apparati boʻlaklarga boʻlingan holda topilgan.
Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni qidirib topish boʻyicha olib borilgan surishtiruvlar davomida mazkur jinoyatni 1995-yilda tugʻilgan B.A., 1998-yilda tugʻilgan O.Z., 1994-yilda tugʻilgan B.N. va 1994-yilda tugʻilgan X.O.lar sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda ushbu shaxslar qoʻlga olinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling