Foto: Repost.uz
Hukumat qarori bilan Taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim va oʻrta maxsus hamda professional taʼlim uchun oʻquv nashrlarida tor yoziladigan shriftlar qoʻllash mumkin emas.
Shuningdek, taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarida gazeta qogʻozi va yaltiroq qogʻozdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yosh toifasiga qarab nashrlar:
- 1-4-sinflar;
- 5-9-sinflar;
- 10-11-sinflarga moʻljallanadi.
Nashr vazni darsliklar uchun:
- 1-4-sinflar uchun 300 gramdan;
- 5-6-sinflar uchun 400 gramdan;
- 7-9-sinflar uchun 500 gramdan;
- 10-11-sinflar uchun esa 600 gramdan oshmasligi kerak.
1-4-sinflar uchun adabiyotlarda rangli boʻyoqlar, shriftni belgilash, chizilgan shriftlar, koʻp ustunli terish qoʻllanilmaydi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling