Namanganda 21 yoshli talaba otasiga jahl qilib, oʻzini oʻzi yoqib yubordi

Maʼlum boʻlishicha, yigit OTMda imtihondan oʻtolmagani sabab otasi unga tanbeh bergan. Yigit esa bunga zarda qilib, oʻz joniga qasd qilgan.

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Namanganda 21 yoshli talaba oʻzini yoqib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, 2023-yil 10-fevral kuni soat Fargʻona viloyati Beshariq tumani yashagan Namangan muhandislik qurilish institutining 3-bosqich talabasi 2002-yilda tugʻilgan X.X. oliygohda 5 ta fandan oraliq imtihonlarni topshira olmaganligi sababli, qayta topshirishga qolib ketgan.

Guruh rahbari talabaning otasiga qoʻngʻiroq qilib, oʻgʻli yuqoridagi 5 ta fanlardan oraliq imtihonlarni topshira olmaganligi haqida ogohlantirgan. Oʻz navbatda ota oʻgʻliga telefon orqali tanbeh bergan.

Shundan soʻng, talaba X.X. otasini bergan tanbehiga zarda qilib, ruhiy tushkunlikka tushib, Yangiqoʻrgʻon tumani “Nurafshon” MFY hududidagi dala-adirlik maydoniga oʻzi bilan birgalikda benzin yonilgʻisini olib kelib, oʻzini ustidan quyib, oʻzini yoqib, oʻz joniga suiqasd qilgan.

X.X.ni yonib jarohat olganligini koʻrib qolgan fuqarolar unga yordam koʻrsatib, shifoxonaga olib kelishgan. Tibbiy maʼlumotga koʻra, X.X.ning badanida, alangadan tanasining 50 foiz qismida chuqur kuyish jarohatlari mavjudligi koʻrsatilgan.

Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan u 13-fevral kuni shifoxonada vafot etgan. Yangiqoʻrgʻon tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling