Foto: Teznews
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining xabariga koʻra, vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra, isitish davri tashqi havoning oʻrtacha sutkalik harorati 8 darajadan past boʻlgan 5 kunlik davr tamom boʻlgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori boʻlganda esa tamomlanishi kerak.
Shundan kelib chiqib, mart oyidan havo harorati isigani va oʻrtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori boʻlayotganligini inobatga olgan holda, 2023-yilning 10-mart kunidan 2022-2023-yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilayotganligi maʼlum qilindi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling