FIFA
FIFA 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatining yangi mezbonini maʼlum qildi. Unga koʻra, Argentina davlati yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi, deya xabar bermoqda OʻFA Axborot xizmati.
Ushbu yirik musobaqa joriy yil 20-may — 11-iyun sanalarida oʻtkaziladi. Maʼlum qilinishicha, musobaqa sanasi oʻzgarishsiz qoladi. Shuningdek, mundialga qurʼa tashlash marosimi 21-aprel kuni Syurixda boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, bundan avval Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqi Indoneziyaga berilgan edi. Biroq, Mamlakatda Isroilning mundialda qatnashishiga norozilik namoyishlari avj olgani uchun FIFA ularga nisbatan sanksiya qoʻlladi.
Maʼlumot oʻrnida, Ravshan Haydarov boshchiligidagi Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogi musobaqasida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling