PPX xodimlari maktablar atrofida patrullik qilishni boshlaydi

Maktab oʻquvchilari xavfsizligini taʼminlash maqsadida har kuni ertalab soat 07:00 dan boshlab PPX xodimlari maktablar atrofida patrullik qiladi.

Videodan kadr

Videodan kadr

Bolalarning oʻgʻirlanishi haqidagi soxta xabarlar tarqalganidan soʻng, Toshkent shahar IIBB xabar berishicha, soʻnggi 5 yil ichida birorta ham bola oʻgʻirlash holati kuzatilmagan boʻlsa ham poytaxtda bolalar xavfsizligi boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirishga qaror qilindi.

Endilikda huquq-tartibot idoralari xodimlari har kuni ertalab soat 07:00 dan boshlab maktablardagi vaziyatni nazorat qilib boradi, patrul post xizmati xodimlari esa maktablar atrofida, ayniqsa, qorongʻu koʻchalarda patrullik qiladi.

Bundan tashqari, ota-onalar huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan doimo aloqada boʻlishi uchun maktabdagi barcha Telegram guruhlariga maktablarda faoliyat yurituvchi psixolog inspektorlar qoʻshiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling