Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus salonining ichki qismida ayollar va erkaklar uchun maxsus joy ajratilganligini targʻib qiluvchi eʼlon aks etgan surat tarqalib, muhokamalarga sabab boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu holat “8-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi saroy raqami 433-boʻlgan Isuzu rusumli avtobus yoʻnalishida kuzatilgan. Tezkor tadbir davomida, ushbu avtobus salonidagi eʼlon bilan olib tashlangan.
“Yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida, jamoat transportida eʼlon qilinishi belgilanmagan maxsus posterlardan foydalanmaslik hamda ish faoliyati davomida haydovchi va chiptachilardan yanada hushyor holda ish yuritishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilayotganini maʼlum qilamiz”,- deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling