Foto: Open source
Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov O‘zbekistonda pedofillarga kimyoviy kastratsiya qo‘llash bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritish zarur, deb hisoblaydi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Allamjonov Xorazm viloyatidagi vaziyatga shunday munosabat bildirdi. Ikki amaldor mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini 10 oy davomida zo‘rlagan. Qizlar o'sha vaqtda 15 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan.
"Qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish va pedofillarga kimyoviy kastratsiya qoʻllash normasini tasdiqlash vaqti keldi", — dedi Prezident maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari.
Allamjonov bu amaliyot Qozog‘iston, Ukraina, Germaniya va dunyoning boshqa mamlakatlarida qo‘llanilayotganini ta’kidladi.
"Xitoy, Lotin Amerikasi, Saudiya Arabistoni va Eronda esa ularni darhol o‘ldirishadi”, — deya qo‘shimcha qildi Allamjonov.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling