Foto: Teznews
Toshkent shahrida elektr tizimiga yuklamalarni pasaytirish maqsadida issiq suv ta'minotida harorat pasaytiriladi va issiqlik tizimiga sarflanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Toshkent shahrida havo-haroratining keskin pasayshi oqibatida issiqlik stansiyalariga uzatilayotgan tabiiy gaz bosimining pasayib ketishi sababli xonadonlarga yetkazib berilayotgan issiq suv taminotida ham, isitish tizimida ham oxirgi kunlarda harorat sezilarli darajada pasayib ketgan.
Buning natijasida oʻz xonadonlarini isitish maqsadida fuqarolar qoʻshimcha elektr moslamalardan foydalanishga majbur boʻlmoqdalar.
Bu esa oʻz navbatida transformator stansiyalari va uzatish simlarida normadan ortiqcha yuklamani vujudga keltiryapti, buning oqibatida esa, oxirgi kunlarda transformatorlar va simlarda portlash, yonib ketish kabi avariyalar soni kunlik oʻn barobaridan oshib ketdi.
"Elektr tizimiga yuklamani pasaytirish, hamda markazlashgan issiqlik tizimi (otopleniye)da haroratni koʻtarish maqsadida, eng kamida, uch kun davomida koʻp qavatli uylarning issiq suv taʼminotida haroratni vaqtincha pasaytirishga majburmiz. Bunda suvni isitishga sarflanayotgan tabiiy gaz issiqlik tizimi (otopleniye)ga yoʻnaltiriladi", deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling